logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 06:53
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari
Tokio-2020. Ikki nafar para dzyudochimiz chorak finalda yutqazib, bronza medallari uchun kurashni davom ettiradi

 29 AVGUST, 08:35 25

.

Para dzyudo bo'yicha erkaklar o'rtasida -100 kg vazn toifasida hamyurtimiz Sharif Xalilov chorak finalda Buyuk Britaniya vakili Kristofer Skelliga qarshi tatamiga chiqdi.

Afsuski, ushbu kurashda hamyurtimiz ippon bahosi evaziga mag'lub bo'ldi. Biroq Xalilov bronza medali uchun kurashni davom ettiradi. U o'tish bahsida yaponiyalik Yoshikazu Matsumotoga qarshi tatamiga chiqadi.

Erkaklar o'rtasida -90 kg vazn toifasida chorak finalda ishtirok etgan hamyurtimiz Shuhrat Boboevga ham britaniyalik para dzyudochi raqiblik qildi. “Oltin ochkolar”ga qadar davom etgan kurashda Boboev passivligi uchun 3 marta ogohlantirildi va natijada britaniyalik Elliot Styuart g'olib deb topildi. Endi Boboev ham bronza medali uchun kurashni davom ettiradi.

Ayollar o'rtasida 70 kg.gacha bo'lgan vaznda Asila Aliboeva chorak finalda yaponiyalik Kazusa Ogavaga qarshi jang qilishi kerak edi. Ammo hamyurtimiz tatamiga chiqadi. Shu bois, hamyurtimiz uchun Tokio-2020 olimpiadasi yakunlandi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR