logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:32
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Ronald Kuman Ansu Fatining holati haqida gapirdi

 29 AVGUST, 07:45 129

.

"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman uzoq vaqtdan buyon jarohat tufayli maydondan chetda qolib ketgan hujumchi Ansu Fatining ahvoli haqida ma'lumot berdi.

“Fati? Xo'sh, biz shoshilishimiz kerak emas. O'ylaymanki, Ansuga eng yuqori darajada raqobat qilish uchun ko'proq vaqt kerak. U uzoq vaqtini jarohatdan tiklanishga ketkazdi va ikki yoki uch hafta ichida o'z sport formasini tiklay olmaydi. U ko'proq mashg'ulotlarga muhtoj”, – dedi Ronald Kuman matbuot anjumanida.

Ansu Fati sentyabr oyida 9 oy ichida birinchi marta “Barsa”da o'ynashi kutilmoqda.

18 yoshli futbolchi noyabrdan beri maydonga tushmagan. Shu vaqtgacha forvard “Barsa” safida 43 ta o'yinda maydonga tushib, 13 gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR