logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:23
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Diyor Imomxo'jaev: «Navbahor» - Kanchelskis masalasida klub yutib chiqishini istayman

 29 AVGUST, 07:40 53

.

Kuni kecha FIFA "Navbahor"ga Kanchelskis bilan shartnomani muddatidan avval bekor qilgani uchun kompensatsiya sifatida 1,6 million dollar to'lash majburiyatini yuklagandi. O'zbekiston professional futbol ligasi rahbari Diyor Imomxo'jaev ushbu masalaga to'xtalib o'tdi.

"Navbahor" va Kanchelskis masalasida klubdagilar bilan juda ko'p fikr almashganmiz. Shuning uchun bu mavzuga ortiqcha to'xtalib o'tirmayman. Faqat bir narsani aytishim mumkin. Shu ishda "Navbahor" yutib chiqishini juda va juda istayman. Bu yo'lda barcha chorani ishga solish kerak. Va albatta "Navbahor" bunday ishlardan xulosa chiqarishi shart.

Kanchelskis butun murabbiylik davrida ham da'vo qilayotgan summasiga yarasha ish qilmagan, deb hisoblayman", — deya yozdi Imomxo'jaev o'zining telegramdagi kanali orqali.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR