logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:38
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
APL. Bugun Keyn mavsumdagi ilk o'yinini o'tkazishi mumkin (prevyu)

 29 AVGUST, 07:15 54

.

Bugun «Tottenxem» o'z maydonida «Uotford» klubini qabul qiladi.

Mazkur bahs oldidan qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etamiz.

Bilasizmi?

Nunu Eshpiritu Santu APLdagi ilk uch uchrashuvida g'alaba qozongan birinchi «shporlar» murabbiyi bo'lishi mumkin.

Son Xyon Min APL doirasida o'tkazilgan «Uotford»ga qarshi 9 bahsda 5 marta gol urishga erishgan. Koreyalik vinger faqatgina «Sautgempton» darvozasiga bugungi raqibidan ko'ra ko'proq to'p (9) kiritgan.

«Uotford» APLning oxirgi 7 safar bahslarida mag'lubiyatga uchragan va shulardan ketma-ket beshtasida birorta gol ura olmagan.

1982 va 1985 yillar davomida «shporlar» maydonidagi ketma-ket 3 g'alabadan so'ng, «Uotford» Premer-Liga doirasidagi oxirgi 10 o'yinning to'qqiztasida mag'lub bo'lgan (1 durang).


Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Andre Mariner

Qanot hakamlari: Saymon Long, Eddi Smart

Zaxira hakami: Grehem Skott

VAR: Jarred Jillet

VAR yordamchisi: Jeyms Meynveyring


Taxminiy tarkiblar

Tottenxem - Loris, Tanganga, Sanches, Daer, Regilon, Alli Skipp, Xoyberg, Moura, Son, Keyn

Uotford - Bekman, Katxart, Trust-Ekong, Kabasele, Masina, Etebo, Sarr, Kleverli, Louza, Semma, Dennis.


Yo'qotishlar

Tottenxem — Karter-Vikkers va Jo Rodon jarohat sabab maydonga tusha olishmaydi. Tanguy Ndombele esa sport formasini tiklab olishga ulgurmagan.

Uotford — Joao Pedroda ham jarohat bo'lsa, Nataniel Chaloba uchrashuvga jismoniy tomondan tayyor emas. Yuray Kutska ham jarohat olgan, lekin uning maydonga tushishi so'roq ostida.


Raqamlar

«Uotford» APLning so'nggi 7 safar uchrashuvning oltitasida ham birinchi bo'limda ham to'liq o'yinda mag'lub bo'lgan.

«Uotford» APLning oxirgi 5 o'yinida kamida ikkitadan gol o'tkazib yubordi.

«Tottenxem» APLdagi so'nggi 3 o'yinda g'alaba qozongan.

«Tottenxem» barcha musobaqalarda «Uotford» bilan oxirgi 8 bellashuvda mag'lubiyatga uchramagan.

Jamoalar APLda o'zaro 14 marta uchrashishgan. Shularning sakkiztasida londonliklarning qo'li baland kelgan va faqat bir bor «Uotford»ning g'alabasi qayd etilgan. 5 o'yinda murosa yo'li tanlangan.

Eslatib o'tamiz, «Tottenxem» hamda «Uotford» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR