logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:17
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi

 29 AVGUST, 07:10 33

.

Bilasiz U23 Osiyo kubogi final bosqich bellashuvlari 2022 yili O'zbekiston maydonlarida tashkil etiladi.

2024 yilgi Parij Olimpiadasiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida O'zbekiston U21 terma jamoasi U23 Osiyo kubogida ishtirok etadigan bo'ldi.

Yurtimizda o'tadigan chempionat yo'llanmasiga ega hisoblangan yoshlar terma jamoamizda saralash bosqich uchrashuvlarida qatnashish imkoniyati ham bor. Kuvaytda o'tadigan «D» guruhi saralash o'yinlarida vakillarimizga Kuvayt, Saudiya Arabistoni va Bangladesh yoshlari raqiblik qiladi.

Ushbu saralash bahslariga hozirlik ko'rish uchun Timur Kapadze murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz kecha Toshkent shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi. Mashg'ulotlar 4 sentyabrga qadar davom etadi.

Yig'in davomida yoshlar terma jamoamiz bir necha o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Murabbiylar shtabi mazkur yig'inga 25 nafar futbolchini jalb etgan.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR