logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:35
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Temurxo'ja Abduxoliqov: «Odamlar penaltidan gol urish oson deb o'ylashadi»

 29 AVGUST, 06:50

"Lokomotiv" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov Superliganing 13-turi doirasida bo'lib o'tgan "Turon"ga qarshi bahsda (3:1) ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. Forvard klub matbuot xizmatiga intervyu berib, mazkur bahs haqida to'xtalib o'tdi.

— Bu uchrashuvni yutishimiz shart edi. Birinchi bo'lim fors-major bo'ldi, ishlarimiz o'xshamadi. Uchrashuvning borishini o'zgartira oldik va uch ochkoni qo'lga kiritdik. Bunga qadar ketma-ket o'yinlarda g'alabaga erisha olmayotgandik. Turnir jadvalidagi holatni yaxshilash uchun yutishimiz shart edi. Shu tarzda o'ynab, g'alabalarni qo'lga kiritish uchun harakat qilamiz.

— Muxlislar tomonidan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildingiz. Bu qanchalik darajada yoqimli?
— Individual olqishlar doimo yoqimli. Ammo futbol jamoaviy o'yin. Bu o'yinni bir o'zim yutmadim. Bu erda men ikkinchi plandagi aktyor sifatida «Oskar» oldim. Agarda uch ochko olmasdan, eng yaxshi futbolchi bo'lganimda bu erda intervyu bermagan bo'lardim. Shu boisdan aytishim mumkinki, uch ochko har qanday individual sovrindan muhim.

— Birinchi penaltini siz amalga oshirdingiz va hisobni tenglashtirdingiz. Ikkinchi penaltini nima uchun Aziz Amonov tepdi?
— Umuman olganda, penaltini tepishni istagandim. Aziz keldi va o'zi ishlagan penaltisini tepishni so'radi. Odamlar penaltidan gol urish oson deb o'ylashadi. Biroq hozirda darvozabonlar anchagina saviyali va kuchli. O'yin davomida jamoadoshlarim mendan penaltini so'rashsa, inkor qilmayman.

— Birinchi bo'limda jamoaga og'ir bo'ldi. Ikkinchi taymda esa xuddi boshqa jamoa maydonga tushgandek. Tanaffusda kiyim almashtirish xonasida qanday gaplar bo'ldi?
— Murabbiy barchaning e'tiborini jamlab, ikkinchi bo'lim uchun qanday taktika bo'lishini aytib o'tdi. Qaerda tartibli, qaerda zich o'ynash kerakligini tushuntirdi. To'g'risini aytganda, Miakel Sekeyra raqiblarni taktik tomonlama mag'lub etdi. Uning ko'rsatmalari orqali g'alabaga erishdik.

— Muxlislarga tilaklaringiz.
— Albatta, ularga omad va salomatlik tilayman. Muxlislarni stadionda ko'rish doimo yoqimli. Ular ham stadionlarga qaytib, o'z jamoalarini qo'llab-quvvatlaydigan vaqt keladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR