logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:42
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Bundesliga. «Bavariya» «Herta»ga javobsiz 5 ta gol urdi, Levandovskidan xet-trik (videosharh)

 29 AVGUST, 06:30 37

.

Germaniya chempionatining 3-turidan o'rin olgan o'yinda «Bavariya» 28 avgust, shanba kuni «Herta» bilan bahs yuritdi.

Myunxenliklar o'z maydonida o'tgan o'yinda 5 marta raqib darvozasini ishg'ol qildi. Robert Levandovski xet-trikka erishgan bo'lsa, Tomas Myuller va Jamol Musiala o'z nomiga bittadan gol yozdirib qo'ydi.

Shu tariqa, Yulian Nagelsmann shogirdlari ketma-ket ikkinchi o'yinda g'alaba qozonib, musobaqa jadvalida 2-o'ringa ko'tarildi.

Bundesliga, 3-tur
28 avgust, shanba
«Bavariya» – «Herta» 5:0
Gollar: 1:0 – 6 Myuller, 2:0 – 34 Levandovski, 3:0 – 49 Musiala, 4:0 – 70 Levandovski, 5:0 – 84 Levandovski.
«Bavariya» – Noyer, Stanishich (Sarr, 81), Zyule, Upamekano (Nyanzu, 46), Devis, Gorettska, Kimmix, Musiala (Sane, 61), Myuller (Shupo-Moting, 81), Levandovski, Gnabri (Koman, 67).
«Herta» – Shvolov, Zefeyk (Rixter, 61), Boyata, Shtark, Mittelshtedt, Tuzar, Serdar (Darida, 79), Askasibar, Yovetich (Dilrosun, 20), Zelke (Klyunter, 60), Lukebakio (Belfodil, 61).

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR