logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:30
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Tokio-2020: Islam Aslanov finalda! Muzaffarga biroz omad etishmadi

 29 AVGUST, 06:25 30

.

Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlarining beshinchi kunini xushxabar bilan boshlaymiz.

Hozirgina para suzishning erkaklar o'rtasida S13 klassda 50 metr masofafaga erkin usulda suzish bo'yicha saralash bahslari yakunlandi. Unda 2 nafar hamyurtimiz final yo'llanmasi uchun bahs olib bordi. E'tiborlisi, Islam Aslanov 23.90 soniya vaqt bilan o'z guruhida 1-o'rinni egalladi va final bosqichiga yo'l oldi.

Afsuski, yana bir hamyurtimiz Muzaffar Tursunxo'jaev 50 metrga 24.62 soniya vaqt sarflagan holda marraga 4-bo'lib keldi va finalga yo'llanmani qo'lga kirita olmadi.

Ma'lumot uchun, erkaklar o'rtasida S13 klassda 50 metr masofafaga erkin usulda suzish bo'yicha final bahslari bugun Toshkent vaqti bilan soat 14:11 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR