logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:43
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
"Man Siti" - "Arsenal" bahsidagi daxshatli statistika

 28 AVGUST, 19:20 149

.

"Manchester Siti" APL 3-tur uchrashuvida o'z maydonida "Arsenal" ni 5:0 hisobida mag'lub etdi.

"Shaharliklar" ko'pchilik statistik ko'rsatkichlar bo'yicha raqibini ortda qoldirdi. Pep Gvardiola shogirdlari 80,9%, "kanonirlar" esa 19,1% to'pga egalik qilishgan.

Mikel Arteta shogirdlari butun o'yin davomida darvoza tomon birorta ham zarba berishmadi, raqiblar darvoza tomon 10 marta zarba berishdi. Zarbalar bo'yicha umumiy hisob 25:1, "Siti" foydasiga.

Qolaversa, mezbonlar butun uchrashuv davomida 757 marta, mehmonlar 179 ta pasni amalga oshirishdi.

Ta'kidlash joizki, "Arsenal" 35-daqiqadan boshlab Granit Jaqining chetlatilishi tufayli, maydonda bir kishi kam bo'lib harakat qilishdi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR