logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:10
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Avgust oyi oxirlarida "Chelsi" yangi transfer e'lon qilishi mumkin

 28 AVGUST, 17:10 105

.

Transfer oynasi yopilishidan oldin "Chelsi" yana ikkita futbolchi - "Sevilya"dan Jyul Kunde va "Atletiko" dan Saul Niges bilan shartnoma imzolashga umid qilmoqda. Agar frantsuz futbolchisi bo'yicha muzokaralar hech qanday qiyinchiliklarsiz davom etadigan bo'lsa, unda ispaniyalik transferi oxirgi daqiqalarda buzilishi mumkin.

Avvalroq, "matraschilar" Saulga keyinchalik sotib olish sharti bilan bir yillik ijaraga olish haqidagi taklif qilgani haqida xabar berilgan edi. Ammo, futbolchining o'zi londonliklar bilan mazkur shartnoma bo'yicha kelisha olmagan. Ma'lum bo'lishicha, futbolchi "Chelsi" to'liq shartnoma imzolasagina, bu bitimga rozi bo'lishi mumkin, deb xabar beradi Sky Sports nashri.

Yarimhimoyachiga "Manchester Yunayted" ham da'vogarlik qilmoqda, ammo hozir
mankunianliklar Krishtianu Ronaldu bilan ko'p millionli shartnomani imzolagach, Saulning talablarini bajara olishlari haqiqatdan ancha yiroq.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR