logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:01
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
PSJ Mbappening o'rnini qaysi hujumchi bilan to'ldirgani ma'qul?

 28 AVGUST, 17:10 171

.

Xabaringiz bor, so'nggi kunlarda PSJ hujumchisi Kilian Mbappe uchun Madridning «Real» klubi bir nechta rasmiy takliflarni yuborgan va futbolchini o'z safiga qo'shib olish ustida jiddiy ishlamoqda.

PSJ klubi hali frantsiyalikni sotmagan bo'lsada, uning o'rniga olib kelish uchun bir nechta variantlarni ko'rib chiqmoqda.

Ayni vaqtda Parij klubi short-listidan uch nafar hujumchi o'rin olgan:

1. Erling Xoland («Borussiya» Dortmund)

2. Robert Levandovski («Bavariya»)

3. Risharlison («Everton»)

Endi shu variantlarga atroflicha to'xtalib o'tishga harakat qilamiz.

Erling Xoland. Norvegiyalik strayker ayni paytda dunyoning eng kuchli hujumchilari uchligiga bemalol kira oladi. Uning boshqalardan ajralib turadigan xususiyatlari ko'p. Tezlik va kuch, vaziyatlardan unumli foydalanish ko'rsatkichining yuqoriligi va fikrlash bo'yicha u boshqa hamkasblaridan anchagina o'zib ketgan. U endigina 21 yoshda va PSJ mazkur futbolchini o'z safiga qo'shib olsa, kamida 10 yil davomida markaziy hujumchi haqida o'ylamasa ham bo'ladi. Ammo, Xolandni arzon narxga qo'lga kiritishning iloji yo'q va kami 150 mln evro sarf etilsa kerak.


Robert Levandovski. Polshalik forvard ayni paytda jahonning eng kuchli markaziy hujumchisi sanaladi. Tajriba va klass bo'yicha u hatto Xolanddan ustun. Vaziyatlardan foydalanish bo'yicha imkoniyatlarini oxirgi 5 mavsumda ko'rib kelmoqdamiz. Biroq, uning yoshi 33da va PSJ Levandovskini sotib olsa 2-3 yildan keyin yana shu masalaga duch kelishi aniq.

Risharlison. Braziliyalik hujumchi «Everton»da ham Tokyo-2020 olimpiyadada ham o'z mahoratini ko'rsatdi. Uning texnikasi yuqori va vaziyatlarning aksariyatini gol bilan yakunlaydi. Neymar bilan terma jamoada yaxshi tushunib o'ynashi, unga PSJda ham qo'l kelishi mumkin. Uning kamchiligi yo'q deb ayta olmaymiz. Top darajadagi hujumchi bo'lish uchun unga kamida yana bir mavsum o'zini ko'rsata olishi talab etiladi. U 24 yoshni qarshi olgan bo'lsada, Xolandchalik mashhur emas va ko'pchilikning e'tiboriga tushib ulgurmagan. Shu boisdan, Mbappening o'rni Risharlison bilan to'ldirilsa, klub zaiflashgandek ko'rinib qolishi mumkin.

Qadrli saytimiz o'quvchisi, siz qaysi hujumchi Kilian Mbappega munosib o'rinbosar bo'la oladi deb hisoblaysiz? Sizning fikringiz biz uchun muhim.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR