logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:35
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Morata Ronalduga xayrlashuv so'zlarini yozdi

 28 AVGUST, 16:50 154

.

Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Al'varo Morata Krishtianu Ronalduning jamoadan ketishiga munosabat bildirdi.

Yulduz portugaliyalik futbolchi 12 yildan so'ng "Manchester Yunayted"ga qaytdi. KriRo "keksa sinora" safida uch mavsum davomida o'ynadi

"Siz bilan yana bir jamoada o'ynash va birga yaxshi vaqt o'tkazganimiz ajoyib bo'ldi, do'stim.
Menga doim yaxshi munosabatda bo'lganingiz uchun sizga va oilangizga katta rahmat. Sizga yangi sarguzashtlarda omad tilaymiz", - deb yozdi Morata o'z instagramida.

36 yoshli Ronaldu "Yuventus" safida 134 ta o'yinda maydonga tushib, 101 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR