logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:07
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Arsenal" futbolchisi Benitez e'tiboriga tushgan

 28 AVGUST, 15:45

"Everton" klubi transferlar oynasi yakuniga etmasidan oldin "Arsenal" futbolchisi Eynsli Meytlend-Naylzni ijaraga olmoqchi. Ishonchli manbalar xabariga ko'ra, 23 yoshli ingliz Rafa Benitezni e'tiboriga tushgan.

London klubi ham bir nechta futbolchilari singari Naylzni ham qo'yib yuborishga qarshi emas. Himoyachi o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Vest Brom"da ijarada o'tkazgan. U ijarada asosan markaziy himoyaga qo'yilgan bo'lsa ham aslida o'ng qanot himoyachisi hisoblanadi.

"Everton" ustozi Benitez ham aynan o'ng qanot mudofaasi uchun yaxshi o'yinchi izlamoqda. Futbolchi Londonda 2023 yilgacha bo'lishi ko'zda tutilgan. Avvalroq Meytlend-Naylzga "Lester" qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR