logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 07:01
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
FIFA «Navbahor»ga Kanchelskis uchun 1,6 million dollar to'lash majburiyatini yukladi

 28 AVGUST, 15:20 61

.

FIFAning futbolchilar maqomi bo'yicha qo'mita sudyasi Yoxan van Galen Andrey Kanchelskisning "Navbahor" ustidan kiritgan shikoyatini qanoatlantirish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda "Futbolium" kanali xabar tarqatdi.

Manbaga ko'ra, "lochinlar" rossiyalik mutaxassisga muddatidan avval shartnomani bekor qilgani uchun kompensatsiya mablag'larini to'lab berish majburiyati yuklandi. Umumiy summa esa 1,6 million dollarga teng bo'ldi. Bundan tashqari, vaqtida to'lanmagan pullar uchun foizlar ham to'lash haqida qaror chiqarildi. Qarorda aytilishicha, Kanchelskisning oylik maoshi 34500 AQSh dollariga teng bo'lgan.

Ushbu qarorning ijrosi uchun "Navbahor"ga 30 kun vaqt berildi.


Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR