Van Deyk: "Qiyin startdan keyin qayta oldik"
18 SENTYABR, 2024, 07:12
"Liverpul" markaziy himoyachisi Virjil Van Deyk "Milan" ustidan qozonilgan g'alabaga munosabat bildirdi.
"Albatta, g'alabadan, shuningdek, yomon startdan keyin qayta olganimizdan juda mamnunman. Biz to'p bilan ham, to'psiz ham juda yaxshi o'ynadik. Biz yangi murabbiy bilan oldinga intilyapmiz, garchi u avvalgidan farqli printsiplarga ega bo'lsa ham", - deya Van Deyk so'zlarini keltiradi BBC Sport.