Kompani "Bavariya"ning 9:2 hisobidagi g'alabasidan keyin fikr bildirdi
18 SENTYABR, 2024, 07:00
"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar ligasi doirasida Zagrebning "Dinamo" klubi ustidan qozonilgan yirik g'alabadan so'ng (9:2) jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
"Oxir-oqibat, eng muhimi - uch ochko, to'qqizta gol. Futbolchilar maydonda zavqlanishdi. Ikkita gol o'tkazib yubordik, chunki ikkala vaziyatda ham bir qadam kechikdik, biroq darhol reaktsiya bo'ldi. Biz uchun yaxshi oqshom", - deya Kompani so'zlarini keltiradi Bayern & Germany.