logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:00
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Xoakin Korrea: "Bolaligimdan "Inter"da o'ynashni orzu qilardim"

 28 AVGUST, 13:15

"Inter"ning yangi hujumchisi Xoakin Korrea A Seriyaning 2-turida "Verona"ga qarshi (3:1)
o'yinda debyut qildi va o'yindan so'ng taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu ajoyib kun edi! Men bolaligimdan bu erga kelishni orzu qilardim. Birinchi marta bu klub
futbolkasini kiydim va xudoga shukur mening kiritigan golim evaziga g'alaba qozondik.

Men juda xursandman. Menga ishongan murabbiy hamda jamoadoshlarimga o'zimni
minnatdorchilik bildirmoqchiman. Chunki men o'zimni ko'p yillar davomida shu erda
o'ynayotgandek his qildim.

Men urgan golimni oilamga, do'stlarimga va o'tgan oy davomida meni qo'llab-quvvatlagan
barchaga bag'ishlayman",- deya Korrea so'zlaridan iqtibos keltirdi Sky Sport Italia nashri.

Eslatib o'tamiz, 26-avgust kuni "Inter" "Latsio"dan Korreani ijaraga olganini e'lon qilgandi.
"Verona"ga qarshi o'yinda esa 27 yoshli argentinalik futbolchi dubl qayd etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR