logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Keyn Runi rekordini yangilaganidan so'ng o'z his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi

 18 SENTYABR, 2024, 06:36

Xarri Keyn "Bavariya" – Zagrebning "Dinamo" uchrashuvida (9:2) poker bilan o'zini ko'rsatdi. U bu gollar orqali EChLda eng ko'p gol urgan inglizga aylanib oldi.

"Agar sizning ismingiz Ueyn Runi bilan bir joyda bo'lsa, demak siz yaxshi ish qilyapsiz. Gap Angliyaning eng buyuk futbolchilaridan biri, o'yin tarixidagi eng yaxshilaridan biri haqida ketmoqda. Ajoyib yutuq", - dedi Keyn UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida muvaffaqiyati haqida.

Chempionlar ligasida Xarri Keyn hisobida 33 ta, Ueyn Runida 30 ta gol bor.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ