Piolining "An-Nasr" bilan shartnomasi shartlari ma'lum bo'ldi
18 SENTYABR, 2024, 06:30
"Milan"ning sobiq bosh murabbiyi Stefano Pioli Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishga yaqin turibdi.
Italiyalik mutaxassis chorshanba kuniyoq "An-Nasr" bilan shartnoma imzolashi mumkin. Insayder Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, Piolining Saudiya klubi bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan va kelishuvda yana bir yilga avtomatik ravishda uzaytirish varianti ham ko'zda tutilgan. 58 yoshli murabbiyning maoshi yiliga 8 million evroni tashkil etadi va bonuslar qo'shiladi.
Yozda Stefano Pioli Saudiya Arabistonining boshqa bir klubi "Al-Ittihod"ga tayinlanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo bitim yakuniga etmay qolgan.