Anchelotti Mbappening "Real"dagi o'yini haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi
18 SENTYABR, 2024, 06:18
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Kilian Mbappening o'yinlaridan qanchalik mamnun ekanligini aytdi.
Frantsiyalik futbolchi madridliklar safida barcha musobaqalarda ettita o'yinda maydonga tushib, beshta gol kiritgan.
"Mbappe – fantastik futbolchi. U juda kamtar va qattiq ishlaydi. Ajoyib yigit, biz u bilan juda xursandmiz", - deya Anchelottining o'yindan keyingi fikrlarini yozadi Madrid Zone.