"Real" mag'lubiyatsiz seriyasini 33 o'yinga etkazdi
18 SENTYABR, 2024, 06:12
“Real” mag'lubiyatsiz seriyasini 33 ta o'yinga etkazdi.
Bugun Karlo Anchelotti shogirdlari Chempionlar ligasi doirasida "Shtutgart"ni mag'lub etishdi (3:1). Ular ketma-ket uchta bahsda zafar quchdi.
Madridliklar oxirgi marta yanvar oyida Ispaniya kubogi doirasida «Atletiko»ga yutqazgandi.
"Real Madrid" 21 sentyabr kuni La Liga doirasida "Espanol"ga qarshi bahs olib boradi.