logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:15
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Ronalduning «MYu»ga qaytishi qanday muammolarni keltirib chiqaradi?

 28 AVGUST, 10:30 154

.

Ma'lum bo'lishicha, «Siti»ga o'tishga tayyorlanayotgan Krishtianu «Yunayted»dan taklifni eshitiboq, fikrini o'zgartirgan. Tabiiyki, «Siti» darhol o'yindan chiqdi.

Xo'sh, endi nima bo'ladi?

«Yunayted»ga jarima maydoni ichida foydali bo'ladigan hujumchi zarur ekani sir emas. Shuning uchun ham bir amallab Edison Kavani yana bir yilga rozi qilingandi.

Ammo APL klublari virus muammoli bo'lgan mamlakatlar terma jamoalariga futbolchilarni yubormasliklari yoki borib kelgan futbolchi 10 kun karantinda o'tirishi ma'lum bo'lgach, Kavani qarshi chiqib, nima qilib bo'lsayam, Urugvay o'yinlariga borishni talab qilayotgandi. Oltita yig'in, har safar o'n kundan karantin - bu degani, Kavani mavsumda kutilganidek foydali bo'lmaydigandek edi. Ronalduning transferi bu sharoitda ayni muddao.

Shunday bo'lsa-da, "Yunayted" uch kun ichida ba'zi ishlarni amalga oshirish kerak.

Eng muhimi, hozir hujum chizig'ida futbolchi haddan tashqari ko'p. Ronalduning kelishi muammoni yana ko'paytiradi. Hujumchilar ichida Sancho, Reshford va Grinvud tegib bo'lmaydigan nomzodlar. Marsiyal va Jeymsga xaridor axtarilishi, Kavani bilan iloji bo'lsa, shartnoma bekor qilinishi, Elanga va Amad Dialloga ijara jamoa topilishi kerak. Xullas, mana shu besh futbolchidan kamida 3 tasi mavsumni "MYu"da o'tkazmagan taqdirdayam, jamoa oldingi chizig'ida uch o'ringa 6 futbolchi bo'ladi.

Ikkinchisi, Pogba masalasi. Ronalduning kelishi uning fikrini qanaqa o'zgartiradi, bilmadimu, agar PSJ Mbappeni sotib, Pogbaga xaridor bo'lsa, ketishi mumkin. U holda uning o'rniga Saul, Nevesh yoki Rays (taktik jihatdan eng zaruri - haqiqiy tayanch) olib kelinishi zarur.

Zero, Pogba va Ronalduning bir tarkibda yugurishi (yugurmasligi)  himoyaga ancha bosh og'riq bo'lishi turgan gap.

Qahramon Aslanov.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR