logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:12
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Futzal. O'zbekiston milliy jamoasi Portugaliyani mag'lub etdi (videosharh)

 28 AVGUST, 10:15

Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan futzal bo'yicha O'zbekiston milliy jamoasi kecha Portugaliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Har ikki jamoa hujumkor o'yin namoyish etgani bois, bahs davomida ko'plab xavfli vaziyatlar yaratildi. Shunga qaramay, birinchi bo'limda hisob ochilmadi.

Ikkinchi taym boshida esa mezbonlar chiroyli kombinatsiya orqali darvozamizni ishg'ol qilishdi. Oradan ko'p o'tmasdan Husniddin Nishonov darvozabonning xatosidan foydalanib, muvozanatni tikladi.

Uchrashuvning so'nggi daqiqasida esa vakillarimiz 2ta gol urib, kuchli raqibni taslim etishdi.

O'rtoqlik o'yini
Portugaliya - O'zbekiston - 1:3 (0:0)
Gollar: Andre Koelho 23ʼ, Husniddin Nishonov 24ʼ, Davron Choriev 40ʼ, Mashrab Odilov 40ʼ.

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR