logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:22
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
O'smirlar terma jamoamiz Gruziyaga imkoniyatni boy berdi

 28 AVGUST, 10:10 27

.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi “Viktor Bannikov” xalqaro turnirida Gruziyaga qarshi bahs olib bordi.

O'yinning 9-daqiqasida Giorgi Parkinashvili gol urib, jamoasi hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 2 daqiqa o'tib Aleko Basiladze, 21-daqiqada esa Gabriel Sigua hisobni mustahkamladi 0:3. Birinchi bo'limning oxiriga kelib Muhammadali O'rinboev oradagi farqni qisqartirdi.

Uchrashuvning 59-daqiqasida Saba Kharchilava o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. Shundan keyin O'rinboev uchrashuvdagi 2-golini kiritdi, 3:3. Biroq uchrashuvning so'nggi soniyalarida Lasha Gadila tomonidan kiritilgan gol gruziyaliklarga g'alabani taqdim qildi.

“Viktor Bannikov” xalqaro xotira turniri
«B» guruhi | 2-tur
O'zbekiston - Gruziya - 3:4
Gollar: Giorgi Parkinashvili 9ʼ, Aleko Basiladze 11ʼ, Gabriel Sigua 21ʼ, Muhammadali O'rinboev 45+1ʼ, Saba Kharchilava 59ʼ (avtogol), Muhammadali O'rinboev 71ʼ, Lasha Gadilia 90+3.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR