logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:14
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Klopp «Brayton» klubi futbolchisiga xaridor bo'ladi

 28 AVGUST, 10:00 51

.

«Liverpul» klubi bosh murabbiyi seshanba kuni transfer oynasi yopilishidan oldin «Brayton» futbolchisini tarkibga olib kelmoqchi. Xabarlarga ko'ra, Klopp Iv Bissuma transferini amalga oshirmoqchi.

«Daily Express» nashri xabar qilishicha, «Liverpul» yuqori baholangan futbolchi uchun rasmiy taklif yuborgan. Albionliklar Mali terma jamoasi a'zosi uchun 40 million funt atrofida narx belgilashi mumkin. Klopp 24 yoshli Bissumani jamoasining asosiy futbolchisiga aylantirish niyatida.

Bissuma «Brayton» menejeri Graham Potter jamoasida 2018 yildan beri to'p suradi. Futbolchi «Lill»dan 15 millionga xarid qilingan. Avvalroq Bissumaga «Arsenal» va «MYu» ham qiziqayotgani haqida xabar qilgan edik.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR