logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:43
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Xoland tomonidan 91-daqiqada urilgan gol «Borussiya»ga g'alaba keltirdi (videosharh)

 28 AVGUST, 09:45 74

.

Germaniya chempionatining 3-turiga start berildi. Dortmundning "Borussiya" klubi o'z maydonida "Xoffenxaym"ni qabul qilib, qiyin g'alabani qo'lga kiritdi.

Birinchi bo'limda hisob ochilmagan bo'lsa, ikkinchi taym boshida Jovanni Reyna "sukunat"ni buzdi. Bo'lim o'rtalarida esa Kristof Baumgartner muvozanatni tikladi.

Oradan ko'p o'tmasdan esa Jud Bellingem "Borussiya"ni yana oldinga olib chiqdi. O'yinning so'nggi daqiqasida Moanes Dabbur hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lgandi, ammo o'yinga qo'shib berilgan daqiqalarda Erling Xoland dortmundliklarga g'alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Germaniya chempionati, 3-tur
"Borussiya" Dortmund – "Xoffenxaym" - 3:2 (0:0)
Gollar: Reyna, 49 - 1:0, Baumgartner, 61 - 1:1, Bellingem, 69 - 2:1, Dabbur, 90 - 2:2, Xoland, 90+1 - 3:2
"Borussiya": Kobel, Mene, Vittsel, Akanji, Gerreyru (Passlak, 84), Bellingem (Volf, 72), Reyna (Brandt, 64), Daud, Roys, Malen (Mukoko, 84), Xoland.
"Xoffenxaym": Baumann, Akpoguma, Fogt, Posh, Raum, Rudi, Gayger (Dabbur, 83), Baumgartner (Adamyan, 70), Shtiller (Ryutter, 46), Kramarich, Bruun Larsen (Gachinovich, 70).

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR