Keyn Chempionlar Ligasidagi pokeri haqida gapirdi
18 SENTYABR, 2024, 04:06
Xarri Keyn Zagrebning "Dinamo"siga (9:2) qarshi o'zi ajoyib o'yindan so'ng jurnalistlar savollariga javob berdi.
Vensan Kompani shogirdlari Chempionlar ligasini rekord darajadagi g'alaba bilan boshladi va ingliz forvardi 4 ta gol urdi. 31 yoshli futbolchi o'zining to'rtta golidan uchtasini penaltidan kiritdi.
“Ajoyib o'yin. Birinchi bo'lim juda yaxshi o'tdi, biz o'z imkoniyatlarimizni ishga soldik. Ikkinchi bo'lim yomon boshlandi. Ko'p gol urish yoqimli edi. Bugun biz yuqori darajadagi raqib jazolashi mumkin bo'lgan narsadan qutuldik", - dedi Keyn.