logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:12
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Chelsi" Kunde uchun 50 million evro bermoqchi, "Sevilya" esa...

 28 AVGUST, 09:35

"Chelsi" frantsuz himoyachisi Jyul Kunde uchun "Sevilya"ga 50 million evrolik rasmiy taklif jo'natishga tayyor, deb xabar berdi jurnalist Fabritsio Romano o'z tvitteridagi sahifasida.

Biroq, manba bergan xabarga ko'ra, "Sevilya"ni bunday taklif qoniqtirmayapti, klub undan yuqoriroq tovon puli olish niyatida. Kelishuv keskinlashmoqda, ammo muzokaralar davom etmoqda.

Avvalroq, "Sevilya" Frantsiya terma jamoasi himoyachisini bozor narxidan past narxda bo'lishni istamayotgani haqida xabar berilgandi. Ispanlar "Chelsi"dan taxminan 80 million evro so'rashdi. "Aristokratlar" Kundening vatandoshi Kurt Zumani bitimga jalb qilishga tayyor edilar,
ammo "Sevilya" buni rad etdi. Shuningdek, Kunde Chempionlar ligasida o'ynashni xohlayotgani va shu sababdan "Tottenxem"ga o'tishdan bosh tortayotgani qayd etildi.

Kunde 2019 yildan buyon andusiyaliklar sharafini himoya qiladi va bundan oldin u "Bordo"da o'ynagan. O'tgan mavsumda Jyul Ispaniya klubining 34 uchrashuvida qatnashdi, ikkita gol urdi, bitta golli uzatma berdi va to'rtta sariq kartochka oldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR