logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Myuller Xavining Chempionlar Ligasi rekordini yangiladi

 18 SENTYABR, 2024, 04:00

Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Tomas Myuller Chempionlar ligasida bir klub uchun eng ko'p o'yin o'tkazish bo'yicha yangi rekordchiga aylandi.

35 yoshli futbolchi Zagrebning "Dinamo"siga qarshi o'yinning 68-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.

Opta xabariga ko'ra, bu Myullerning Chempionlar ligasidagi 152-o'yinidir. Shu tariqa, butun faoliyatini “Bavariya”da o'tkazgan nemis futbolchisi Chempionlar ligasida bir klub o'yin o'tkazish bo'yicha yangi rekord o'rnatdi.

"Barselona" safida 151 marta o'ynagan afsonaviy sobiq yarim himoyachi Xavi Ernandes ortda qoldirildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ