logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Endrik "Real Madrid"ning Chempionlar ligasidagi eng yosh to'purariga aylandi

 18 SENTYABR, 2024, 03:54

"Real" hujumchisi Endrik Chempionlar ligasidagi debyut uchrashuvida gol urdi. Yosh braziliyalik “Shtutgart”ga (3:1) qarshi o'yinning 80-daqiqasida Jud Bellingem o'rniga maydonga tushdi va qo'shib berilgan vaqtda darvozani ishg'ol qilib, yakuniy natijani tabloga yozdirib qo'ydi.

Opta xabariga ko'ra, Endrik 18 yoshu 58 kun ichida "Real Madrid" safida Chempionlar ligasida gol urgan tarixdagi eng yosh futbolchiga aylandi. Forvard 1995 yilda 18 yoshu 113 kunligida gol urgan afsonaviy Raul Gonsalesning rekordini yangiladi.

Endrik o'tgan yozda Braziliyaning "Palmeyras" jamoasidan "Real"ga o'tgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ