logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Noyer Chempionlar ligasidagi 141-uchrashuvini o'tkazadi

 18 SENTYABR, 2024, 00:06

«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer Chempionlar ligasida eng ko'p o'yin o'tkazgan 10 nafar futbolchi qatoriga kiradi.

Bugun Zagrebning «Dinamo»siga qarshi o'yin myunxenliklarning 38 yoshli sardori uchun butun faoliyati davomida Chempionlar ligasidagi 141-o'yin bo'ladi. Nemis darvozaboni shu tariqa «Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Rayan Giggz bilan tenglashadi, u ham 141 ta o'yin o'tkazgan.

Yuqorida Raul va Serxio Ramos (142 ta), Xavi, Toni Kroos va Tomas Myuller (151 ta), Karim Benzema (152), Lionel Messi (163), Iker Kasilyas (177) va Krishtianu Ronaldu (183) bor.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ