logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:53
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Tokio-2020. Dzyudo. Samandarova finalga chiqdi, Sheripbaeva «bronza» uchun kurashadi

 28 AVGUST, 08:40

Tokio-2020 paralimpiadasining dzyudoda bahslaridagi muvafaqiyatlarimizni ayollar ham davom ettirishmoqda.

Ayollar o'rtasida -57 kg vazn toifasida hamyurtimiz Parvina Samandarova yarim finalda braziliyalik Lusiya Arauxoga qarshi tatamiga chiqdi. Hamyurtimiz ippon bahosi bilan raqibini mag'lubiyatga uchratdi va final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Parvina oltin medal uchun ozarboyjonlik Sevda Alievaga qarshi jang qiladi.

Ayollar o'rtasida -63 kg vazn toifasida hamyurtimiz Nafisa Sheripboeva yarim finalda ukrainalik Irina Xusievaga qarshi tatamiga chiqdi. Afsuski, hamyurtimiz ippon bahosi bilan mag'lub bo'ldi. Endi Nafisa bronza medali uchun kurashadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR