logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:37
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Tokio-2020. Dzyudo. Ikki nafar erkak sportchimiz finalga chiqdi

 28 AVGUST, 08:35 28

.

Tokio-2020 paralimpiadasida O'zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana ikkita medal qo'shiladigan bo'ldi. Dzyudoning erkaklar o'rtasidagi bahsida ishtirok etayotgan ikki hamyurtimiz yarim finalda g'alaba qozonishdi.

73 kg vazn toifasida hamyurtimiz Feruz Sayidov yarim finalda rossiyalik Vasiliy Kutuevga qarshi tatamiga chiqdi. Murosasiz kechgan bahsda hamyurtimiz "ippon" bahosi bilan raqibini mag'lub etdi. U endi oltin medal uchun qozog'istonlik Temirjan Dauletga qarshi jang qiladi.

81 kg. vazn toifasida hamyurtimiz Dovurxon Karomatov meksikalik Adrian Sanchesga qarshi tatamiga chiqdi. Jangning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. "Golden score" ham ancha cho'zildi va yakunda Karomatov "vazari" ishlab, finalga chiqdi. Dovurxon finalda ozarboyjonlik Husayn Rahimliga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR