«Ayaks» Klassen bilan shartnoma imzoladi
17 SENTYABR, 2024, 23:36
«Ayaks» markaziy yarim himoyachi Devi Klassen bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
31 yoshli niderlandiyalik markaziy yarim himoyachi Amsterdam klubida 2025 yilning yoziga qadar to'p tepadi.
Klassen «Ayaks» futbolchisi, u 2012 yildan 2017 yilgacha va 2020 yilning oktyabridan 2023 yilning yozigacha Amsterdamning asosiy jamoasida o'ynagan.