logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:21
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
A seriya. «Inter» «Verona» ustidan irodali g'alabaga erishdi (videosharh)

 28 AVGUST, 07:00 58

.

Italiya chempionatining 2-turiga start berildi. Amaldagi chempion «Inter» tur doirasida safarda «Verona» klubi mehmoni bo'lib, qiyin g'alabaga erishdi.

Mezbonlar bahsning 15-daqiqasida hisobni ochishgan bo'lsa, "neradzurri" ikkinchi bo'lim avval Lautaro Martines muvozanatni tikladi. "Inter" g'alaba to'plarini so'nggi daqiqalarda kiritishga muvaffaq bo'ldi. Xoakin Korrea "dubl"ga erishdi.

Ushbu g'alabadan keyin "Inter" o'z ochkolarini 6taga etkazib oldi. "Verona" esa ketma-ket ikkinchi o'yinda mag'lub bo'ldi.

Italiya A seriyasi, 2-tur
Verona – Inter 1:3 (1:0, 0:3)
Gollar: 1:0 – 15 Ilich, 1:1 – 47 Martines, 1:2 – 83 Korrea, 1:3 – 90 Korrea.
Verona – Montipo, Manyani (Davidovich, 75), Gyunter, Chekkerini (Kazale, 53), Ongla (Tamez, 74), Faraoni (Shutalo, 75), Ilich, Kancheleri (Lazanya, 62), Dzakkani, Lazovich, Barak.
Inter – Xandanovich, Shkrinyar, de Vrey, Bastoni, Barella, Darmian, Brozovich (Vidal, 66), Chalxanoglu (Vesino, 87), Martines (Korrea, 74), Perishich (Dimarko, 66), Jeko (Sensi, 87).
Ogohlantirishlar: Manyani (28), Martines (57), Brozovich (64), Tamez (88).

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR