logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:03
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Tokio-2020. Kunni bronza medali bilan boshladik

 28 AVGUST, 06:45 37

.

Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlarining navbatdagi kuniga ham start berildi. Ushbu kun dasturida hamyurtimiz Elbek Sultonov kunning birinchi xushxabarini keltirdi.

Para-engil atletikaning F12 toifasida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Sultonov bronza medaliga sazovor bo'ldi. Uning dastlabki urinishda qayd etgan 15.94 metr natijasi yakunda shohsupaga ko'tarilishiga zamin yaratdi.

Ta'kidlash joiz, bu Sultonov uchun yangi shaxsiy natija bo'ldi. G'oliblik jahon rekordini o'rnatgan ispaniyalik Kim Lopesga (17.04) nasib etgan bo'lsa, ukrainalik Roman Danilyuk (16.53) kumush medalga ega chiqdi.

Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlari.
Erkaklar, yadro uloqtirish F12 toifasi

1. Kim Lopes (Ispaniya) – 17.04 metr.
2. Roman Danilyuk (Ukraina) – 16.53
3. Elbek Sultonov (O'zbekiston) – 15.94

Shu tariqa, delegatsiyamizning qo'lga kiritgan medallari soni 1 tadan oltin va kumush hamda 2 ta bronzani tashkil etmoqda. Bugun ishtirok etadigan boshqa vakillarimizga ham chiroyli g'alabalar tilab qolamiz.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR