Kexill: "Sarri juda ham xurofotga berilgan murabbiy"
17 SENTYABR, 2024, 22:42
Londonning “Chelsi” klubi sobiq sardori Gari Kexill Mauritsio Sarri haqida gapirdi.
U italiyalik mutaxassisni o'ta xurofotchi, shu bilan birga ko'p gapiruvchi murabbiy sifatida tanilganini esladi.
"Juda xurofotga berilgan, noodatiy murabbiy. U har doim maydon markazida bitta mashq bajarishimizni xohlardi, avvaliga bu qiziqarli edi, biroq bir necha oydan keyin bu juda g'alati va zerikarli bo'lib qoldi", - deya Kexillning so'zlarini keltirmoqda derbyderbyderby.it.