logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Jinsiy zo'ravonlikda ayblangan Ben-Yedder tergov hibsxonasi o'rniga reabilitatsiya qilishni taklif qildi

 17 SENTYABR, 2024, 21:24

Vissam Ben-Yedder qamoqxona o'rniga reabilitatsiyadan o'tmoqchi.

O'tgan haftada "Monako"ning sobiq forvardi jinsiy zo'ravonlikda ayblanib, hibsga olingandi - voqea Ben-Yedderning mashinasida, futbolchi mast holatda bo'lganida sodir bo'lgan.

L’Equipe nashri xabariga ko'ra, bugun Provans apellyatsiya sudi Ben-Yedderni qattiq sud nazorati ostida ozod qilish haqidagi qaror ustidan shikoyat qilgan Nitstsa prokuraturasining arizasini ko'rib chiqdi. Prokurorlar Ben-Yedderni 15 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan sud jarayonigacha hibsda saqlashni talab qilmoqda.

Sud jarayonida Ben-Yedder o'ziga qo'yilgan barcha cheklovlarga qat'iy rioya qilishini ta'kidladi va tergov hibsxonasi o'rniga reabilitatsiyadan o'tishni taklif qildi. Sud qarori chorshanba kuni ertalab chiqishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning avgust oyida Vissam "zo'rlash, zo'rlashga urinish va jinsiy zo'ravonlik"da ayblangan. O'shanda u 900 ming evro miqdorida garov evaziga ozod qilingan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ