Jarohatdan qaytgan "Barselona" futbolchisi mashg'ulotda yana jarohatlandi
17 SENTYABR, 2024, 21:18
Fermin Lopes yangi jarohat oldi.
Bugun "Barselona" yarim himoyachisi sonning oldingi mushaklariga shikast etkazganidan keyin umumiy guruhda qisman mashg'ulotlarni boshladi. U bu jarohatni sentyabr oyi boshida Ispaniya U21 terma jamoasida ortirib olgandi.
Biroq 21 yoshli futbolchi yana jarohat oldi, deb yozadi Diario Sport. Bu safar u o'ng oyog'ida muammolarga duch keldi. Shu sababli, Lopes yana bir necha hafta o'tkazib yuborishi mumkin.
Fermin La Liganing ushbu mavsumida 3 ta o'yin o'tkazdi.