"Bavariya" Musialani ishontirishi kerak
17 SENTYABR, 2024, 20:24
"Bavariya" yarim himoyachisi Jamol Musiala shartnomasini uzaytirmoqchi emas.
Mirror Football xabariga ko'ra, "Bavariya" hali Musialani klub bilan shartnomasini yangilashga ko'ndira olmayapti.
Bu esa "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted"dan futbolchiga qiziqishning oshishiga olib kelishi mumkin. Avvalroq, 21 yoshli Musiala "Bavariya"ning yangi shartnoma taklifini rad etgani ma'lum bo'lgandi.