logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:00
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari
APL. Ertaga "Manchester Siti" Artetaning «Arsenal»ini qabul qiladi (prevyu)

 27 AVGUST, 16:35 68

.

Angliya Premer-Ligasi 3-tur markaziy uchrashuvi «Etihad» stadionida bo'lib o'tadi.

Mezbon "Manchester Siti" jamoasi joriy mavsum APLni 2 mag'lubiyat bilan boshlagan «Arsenal» klubi qabul qiladi.

Shu o'yinga aloqador qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etamiz.

«Arsenal» APL doirasidagi "Manchetser Siti"ga qarshi uchrashuvlarning oxirgi sakkiztasida mag'lubiyatga uchragan. Londonliklar o'z tarixida bitta jamoaga ketma-ket eng ko'p yutqazish bo'yicha «Lids» bilan bo'lgan voqeani takrorladi (1973-1976 oralig'ida).

«Siti» so'nggi Premer-Liga o'yinini yitik 5:0 hisobidagi g'alaba bilan yakunladi.

Musobaqa tarixida, faqatgina «Siti» (2017 yilning oktyabr oyida) va «Chelsi» (2010 yilning avgustida) ketma-ket 3 uy o'yinida 5 yoki undan ko'proq gol bilan g'alaba qozona olishgan.

Rahim Sterling APLdagi «Arsenal»ga qarshi oxirgi 6 uchrashuvda 7 golli vaziyatda qatnashgan (5 gol, 2 assist).

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Martin Atkinson

Qanot hakamlar: Li Bitts, Richard Vest

Zaxira hakami: Endi Medli

VAR: Darren England

VAR yordamchisi: Piter Kirkap

Taxminiy tarkiblar

Manchester Siti — Ederson, Uoker, Stouns, Laport, Kanselu, Rodri, Gyundogan, Bernardu, Mahrez, Sterling, Grilish

Arsenal — Leno, Chembers, Uayt, Holding, Tirni, Lokonga, Jaka, Saka, Edegor, Rou, Obameyang.


Yo'qotishlar

"Manchester Siti" safida hujumkor yarim himoyachi Fil Foden jarohati bois uchrashuvda qatnasha olmaydi. Kevin de Bryuyne ham shikastlangan va uning maydonga tushishi so'roq ostida.

«Arsenal»da esa yo'qotishlar talaygina. Tomas Parti, Eddi Nketiya, Gabriel Magalyasesh, Ektor Bellerin singari o'yinchilar jarohat olishgan. Villian va Aleks Runarssonlar boshqa sabablarga ko'ra ishtirok etishmaydi.

Raqamlar

"Manchester Siti" barcha musobaqalarda «Arsenal»ga qarshi oxirgi 11 o'yinning to'qqiztasida ham birinchi bo'lim, ham to'liq o'yinda g'alaba qozongan.

"Manchester Siti" barcha musobaqalarda «Arsenal» bilan so'nggi 11 bahsning o'ntasida g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lgan.

"Manchester Siti"ning maydonida o'tkazilgan oxirgi 9 APL o'yinining sakkiztasida o'rtacha 2,5 tadan ortiq gol kiritilgan.

«Arsenal»ning oxirgi 3 APL o'yinida o'rtacha 2,5 tadan ortiq gol urilgan.

Jamoalar APL doirasida o'zaro 48 bor to'qnash kelishgan. Ulardan 23 tasida londonliklar g'alaba qozonishgan, 15 o'yinda mag'lubiyatga uchrashgan va 10 bahsda durang natija qayd etilgan.

Klublarning o'zaro o'yini joriy yilning 21 fevral kuni «Arsenal» maydonida bo'lib o'tgan hamda Rahim Sterlingning 2-daqiqada kiritgan goli «shaharliklar»ga uch ochkoni taqdim etgan.

Ayni vaqtda Premer-Ligada 2-turdan keyin "Manchester Siti" 3 ochko bilan to'qqizinchi, «Arsenal» esa 0 ochko bilan o'n to'qqizinchi o'rinda bormoqda.


Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" - «Arsenal» bahsi ertaga, 28 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 16:30da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR