Keza "Milan"ga qarshi o'yinda "Liverpul" safida debyut qilishi mumkin
17 SENTYABR, 2024, 19:16
"Liverpul" ustozi Arne Slot jamoa azosi Federiko Keza CHempionlar ligasi umumiy bosqich 1-turi doirasida "Milan"ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkinligini malum qildi.Italiyalik futbolchi avgust oyi oxirida "Yuventus"dan mersisaydliklar safiga ko'chib o'tgandi.
"Keza birinchi marta qaydnomaga kiritildi va agar u darhol asosiy tarkibdan o'rin olsa, ko'pchilik uchun kutilmagan holat bo'ladi. Nazarimda, uni ilk daqiqalardan kutmagan maqul, lekin agar kerak bo'lsa, u maydonga tushishi deyarli aniq. U "Yuve"da anchagina vaqt individual tarzda mashg'ulotlar olib borgan va hali 90 daqiqa o'ynashga tayyor emas. Keyingi uchrashuvlarda u to'liq harakat qilishga tayyor bo'ladi, deb umid qilaman".
Manba: olamsport.com