logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Rodri: "Manchester Siti" bilan uch yillik shartnomam bor"

 17 SENTYABR, 2024, 18:54

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri Ernandes klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Aytadigan gapim yo'q. "Manchester Siti" bilan yana 3 yillik shartnomam bor. Shartnomam bor paytda boshqa jamoalar haqida o'ylamayman", - dedi Rodri City Xtra bilan suhbatda.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik yarim himoyachi 2019 yilning yozidan buyon "Manchester Siti"da o'ynab kelmoqda. Bu vaqt ichida u barcha turnirlarda 258 ta o'yin o'tkazib, 26 ta gol urdi va 30 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Rodrining "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyuniga qadar tuzilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ