"Bavariya" sport direktori: "Kimmix "Bavariya" loyihasining yuzi bo'lishi kerak"
17 SENTYABR, 2024, 18:42
"Bavariya" sport direktori lavozimini egallab turgan Maks Eberl Yozua Kimmixning kelajagi haqida gapirdi.
29 yoshli Kimmixning amaldagi shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan bo'lib, yaqinda mish-mishlar futbolchini ispan grandlari - "Real Madrid" va "Barselona" bilan faol bog'lashdi.
"Bizga Kimmix loyihaning yuzi bo'lishi kerak. Uning chiqishlari, formasi, yuragi... u shu uchun mo'ljallangan. U kelajakda "Bavariya" sardori bo'lishi kerak. Lekin birinchi navbatda shartnomani uzaytirishimiz kerak", - dedi Eberl BR24 bilan suhbatda.
Yozua Kimmix himoyaning o'ng qanotida ham, markaziy yarim himoyachi sifatida ham o'ynashga qodir.