Kerroll "Bordo"ga o'tishi kutilmoqda
17 SENTYABR, 2024, 18:36
Taniqli hujumchi Endi Kerroll "Bordo"ga o'tishga yaqin turibdi.
Frantsiyaning eng keksa klubi moliyaviy muammolar tufayli to'rtinchi ligaga tushib ketdi. L"Equipe nashri xabariga ko'ra, "Amen"ning sobiq sport direktori Jon Uilyams hozirda "Bordo"da ishlamoqda. Kerroll ayni paytda "Amen" jamoasida o'ynamoqda.
Qayd etilishicha, "Liverpul"ning sobiq hujumchisi bu mavsumda to'rtta o'yinda qatnashgan.
Tajribali Rio Mavyuba va Pol Bays shu yozda "Bordo"ga ko'chib o'tishdi. Ular klub tarbiyalanuvchilari sanaladi va jamoaga yordam berish maqsadida faoliyatini davom ettirishga kelishib olishdi.