Qozog'iston boks terma jamoasiga yangi sardor tayinlandi
17 SENTYABR, 2024, 18:16
Aybek Oralbay boks bo'yicha Qozog'iston terma jamoasining yangi sardori bo'ldi.Bungacha Aslanbek SHimbergenov jamoa sardori hisoblanardi. Aybek Oralbay Osiyo chempioni. Parij Olimpiadasida -92 kg vazn toifasida chorak finalga qadar etib borgan va bu bosqichda Ozarbayjon sharafini himoya qilayotgan Alfonso Domingesga yutqazib qo'ygandi.
Avvalroq, Qozog'iston terma jamoasi ustozi Qayrat Satjanov bo'lajak Osiyo chempionatida Oralbay +92 kg vazn toifasida jang qilishini aytgandi.
Manba: olamsport.com