Gvardiola: «11 yil ichida men 11 ta gol urdim, Xoland esa 4 ta o'yinda 9 ta gol urdi»
17 SENTYABR, 2024, 17:42
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola hujumchi Erling Xolandning o'yini uni ajablantiradimi, degan savolga javob berdi.
- Bir oz, ha. Nega bilasizmi? «Men 11 yil futbol o'ynadim va 11 ta gol urdim, bu yigit esa to'rtta o'yinda to'qqizta gol urdi», - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi "City Xtra".
Joriy mavsumda 24 yoshli Xoland Angliya Premer-ligasining to'rtta uchrashuvida maydonga tushib, 9ta gol urdi.