logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:46
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
EChL. Kecha bo'lib o'tgan qur'a tashlash marosimidan keyin klublarning pley-offga chiqish imkoniyatlari

 27 AVGUST, 11:05 169

.

Kecha 67-bor o'tkazilayotgan Evropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi o'tkazildi.

Biz guruhlardagi holat va jamoalarning pley-offga chiqish imkoniyatlarini ko'rib chiqamiz.


A guruhi

"Manchester Siti"

PSJ

«Leyptsig»

«Bryugge»

Ushbu guruhda ikkita yaqqol favorit bor. Sheyxlar jamoasi deb nom olgan "Manchester Siti" va PSJ guruh g'olibligi uchun kurash olib borsa, «Leypsig» ham pley-off bosqichiga chiqish uchun mazkur ikki klubga etarlicha tashvish bo'lishi kutilmoqda. Guruhda Belgiyaning «Bryugge» klubi autsayder hisoblanadi. Lekin, bu futbol va unda kutilmagan voqealar ham sodir bo'lishi mumkin.

B guruhi

«Atletiko»

«Liverpul»

«Portu»

«Milan»

Ushbu guruh mazkur yilgi EChL guruh bosqichlari orasida eng kuchlisi deya e'tirof etilmoqda. Chindan ham 4 jamoa guruhdan keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatlari etarli va taxmin bildirish mushkul hisoblanadi. Ammo, biroz farq bilan «Atletiko» va «Liverpul»ning imkoniyatlarini yuqori baholashimiz o'rinli. «Portu» va «Milan» jamoalari esa Evropa Ligasi yo'llanmasi uchun jiddiy kurash olib borishlari haqiqatga yaqin.


S guruhi

«Sporting»

«Dortmund»

«Ayaks»

«Beshiktosh»

Bu guruhda Erling Xoland etakchiligidagi Dortmundning «Borussiya» klubida imkoniyatlar yuqori. «Ayaks» va «Sporting» klublari ham bor salohiyatlarini ishga solishadi. Turk klubi esa sensatsion tarzda natija qayd etib keyingi bosqichga yo'l olish ehtimoli ham yo'q emas.


D guruhi

«Inter»

"Real Madrid"

«Shaxtyor»

«Sheriff»

Ikkita favorit va ikkita autsayderga ega guruh. Birinchi o'rin uchun Italiya va Ispaniya grandlari bahs olib borishi va katta ehtimol bilan «Shaxtyor» Evropa Ligasi uchun jiddiy kurashishi kutilmoqda. Musobaqada ilk bor ishtirok etayotgan Moldovaning «Sheriff» klubi esa yaxshigina mahorat maktabini o'tashi mumkin.


E guruhi

«Bavariya»

«Barselona»

«Benfika»

"Dinamo Kiev"

«Bavariya» hamda «Barselona» jamoasining pley-offga yo'l olishini ko'pchilik e'tirof etmoqda. Ammo, «Benfika» va Kievning «Dinamo»si o'z darajasidan yuqori o'yin namoyish etib, yuqoridagi kutilmalarni ham buzib tashlashi ehtimoli mavjud.


F guruhi

«Vilyarreal»

"Manchester Yunayted"

«Atalanta»

"Yang Boys"

O'tgan mavsum Evropa Ligasi finalchilari bir guruhdan joy olishgan. Qo'shimchasiga ularning yonida Gasperinining hujumkor o'yin ko'rsatadigan «Atalanta» jamoasi ham bor. Ikki yo'llanma uchun mazkur uch klub kurash olib borsa ajab emas. Daraja jihatidan "Yang Boys" jamoasi autsayder hisoblanadi va ularning imkoniyatlari past baholanmoqda.


G guruhi

«Lill»

«Sevilya»

«Zaltsburg»

«Volfsburg»

Eng zaif guruh sifatida nomlanayotgan ushbu kvartetda «Sevilya» biroz ustunlik qilishi kutilmoqda. Qolgan uch klub esa guruhdan chiqish uchun jiddiy raqobatga kirishishadi. Unai Emeri jamoasi esa ulardan bir bosh ustundek ko'rinmoqda. Har holda andalusiyaliklar bunday katta musobaqada ishtirok etish bo'yicha anchagina tajribali hisoblanishadi.

 

H guruhi

«Chelsi»

«Yuventus»

«Zenit»

«Malmyo»

Amaldagi chempion «Chelsi» va «Yuventus» katta qiyinchiliksiz keyingi bosqichga yo'l olishi mumkin. «Zenit» va «Malmyo» uchinchi o'rin uchun kurash olib borishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsum guruh bosqichining 1-tur uchrashuvlari 14 va 15 sentyabr kunlari o'tkaziladi.


Mazkur musobaqa favoriti sifatida esa Messi qo'shilgan PSJ, Ronaldu o'tishi kutilayotgan "Manchester Siti" klublari e'tirof etilmoqda. Ular A guruhining o'zidayoq to'qnash kelish imkoniyatiga ega bo'lib turishibdi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR