Morata: "Bu o'yin bemalol yarim final yoki final bo'lishi mumkin"
17 SENTYABR, 2024, 17:24
Evropa Chempionlari Ligasining 1-turida "Milan" o'z maydonida "Liverpul"ni qabul qiladi.
"Milan" hujumchisi Alvaro Morata o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu klubga o'tganimdan keyin shunday o'yinni orzu qilardim. Bu o'yin bemalol yarim final yoki final bo'lishi mumkin. Biz o'zimizni isbotlashni va muxlislarni biz bilan faxrlantirmoqchimiz. Bunday o'yinlar tarixda qoladi, biz bu o'yinni intiqlik bilan kutamiz. Shanba kuni g'alaba qozonish qanchalik muhim edi? Chempionlar ligasi qachon va qanday bo'lishidan qat'i nazar, Chempionlar ligasi. Bu eng yaxshi jamoalar kurashadigan turnir. Bizning motivatsiyamiz eng yuqori darajada" - dedi Morata.