logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:12
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Chiroyli.com - Tezkor yangiliklar
Tokio-2020. Dzyudo. Namozovni «bronza»dan bitta jang ajratib turibdi

 27 AVGUST, 10:15 27

.

Tokio-2020 paralimpiadasining para dzyudo bo'yicha erkaklar o'rtasida -60 kg vazn toifasida Sherzod Namozov bronza medali uchun o'tish bahsida mo'g'ulistonlik Yadamdor Suxbatarga qarshi tatamiga chiqdi.

Hamyurtimiz ikkita vazari bahosi evaziga raqibini mag'lubiyatga uchratdi. Natijada u bronza medali uchun kurashish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Sherzod bronza medali uchun bahsda ruminiyalik Aleks Bologaga qarshi tatamiga chiqadi.

Para dzyudo bo'yicha sovrinli o'rinlar uchun bellashuvlar bugun Toshkent vaqti bilan soat 12:00 dan so'ng boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, Sherzod Namozov dzyudo bo'yicha Rio-2016 paralimpiadasi oltin medali sohibi hisoblanadi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR